EMAN IPAK QURTI

EMAN IPAK QURTI, dub ipak qurti — tovuskoʻzlilar oilasi, Apgpegayea turkumiga mansub, ipak olish hamda undan jujuncha ishlab chiqarish uchun boqiladigan kapalaklar turi. Xitoy E. i. q. (A. regpuO 250-yildan beri boqib kelinadi. Sobiq SSSRda 1937-yildan boqila boshlagan. Eman ipak qurti har xil turdagi eman bargi bilan oziqlanadi. Odatda, 2 avlod beradi. Gʻumbagi pillada — harorati 2° boʻlgan maxsus xonalarda saqlanadi. Bahorda ulardan yirik (qanoti yoyilganda 10,5—11,5 sm) kapalaklar chiqadi. Yapon Eman ipak qurti (ALatataG) oʻrmonda hayot kechiradi va Yaponiyada Xitoy Eman ipak qurtii bilan bir qatorda boqiladi; qanoti yoyilganda oʻrtacha 15,6 sm, shoxlarga qoʻyilgan gʻumbagi qishlaydi. Eman ipak qurtining pillasi toʻlaligicha chuvalanmaydi va, asosan, ip yigirishda foydalaniladi. Xitoy Eman ipak qurtining ipagi tut ipak /do/imnikidan yoʻgʻonroq, lekin juda gshshiq. Xitoy Eman ipak qurtining kamchiligi uning qiyin chuvalanishidan tashqari pillada ipak miqdorining kamligi (oʻrtacha 8—9%) hamda qurtning ozuqa sifatiga yuqori talabchanligi va boqishning qiyinligi hamdir. Hoz. da iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiq emasligi tufayli Eman ipak qurti kam boqiladi (q. Ipak qurti).