ELBAYON BEKATI

ELBAYON BEKATI — Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi shaharcha. Tuman markazi (Shoʻrchi shahri)dan 5 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Shoʻrchi (3 km). Aholisi 4,9 ming kishi (2003). Xoʻjaliklari va aholisi Qumqoʻrgʻon kanalidan suv oladi. Umumiy taʼlim maktabi, aloqa boʻlimi, madaniyat uyi, klub muassasasi, kutubxona, tibbiy punkt, dorixona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.