EYDOS

EYDOS (yun. — koʻrinish, timsol) — yunon falsafasi va adabiyotidagi tushuncha. Dastlab «koʻrinadigan», «koʻrinib turgan», «tashqi» (Gomer), keyinchalik muayyan hodisa, koʻrinadigan mohiyat (Parmenid), substansional goya (Platon), shakl (Aristotel) maʼnolarini bildirgan. Eydos Gusserl (1859—1938) fenomenologiyasida fakt (hodisa)dan farqlanadigan mohiyat sifatida tavsiflangan. Soʻnggi davr falsafasida Eydos tushunchasi «mutlaq gʻoya» maʼnosini anglatadi.