EVENKLAR

EVENKLAR (oʻzlarini orochon deb atashadi; eski nomlari — tunguslar) — Krasnoyarsk oʻlkasi va Sibirning boshqa mintaqalarida yashovchi xalq. RFdagi umumiy soni 29,9 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Xitoyda 35 ming kishi yashaydi (1992). Evenk tilida soʻzlashadi. Dindorlari anʼanaviy eʼti qodlarga sigʻinadi, pravoslavlar ham bor. Asosiy mashgʻulotlari — bugʻuchilik, qisman baliq ovlash.