DOʻLMA

DOʻLMA — quyuq taom turi. Mol yoki qoʻy goʻshtining qorakesak joyidan kesib olib, mayda toʻgʻrab yoki qiymalab, baʼzida guruch qoʻshib tayyorlanadi. Doʻlmaning karam D., bolgari Doʻlma, charvi D., pomidor D., kovatok D. va b. turlari bor. Karam Doʻlma — suyaklari ajratilgan goʻsht goʻshtqiymalagichdan oʻtkazilgach, guruch, mayda toʻgʻralgan piyoz, tuz, murch va 2—3 dona pomidorning suvi va bir dona tuxum solib aralashtiriladi. Karam qaynab turgan suvga 5—10 min. solib, yumshagach, barglari ajratib olinadi. har bir karam bargiga qiymadan solib bir chekkasidan dumalatib bodringsimon Doʻlmalar oʻraladi. Qozonga goʻshtdan ajratilgan suyaklar solinib, soʻngra Doʻlmalar terib chiqiladi va suv quyib, usti zich qopqoq b-n berkitiladi. Baʼzan yogʻ qizdirilib, goʻsht, piyoz, pomidor solib qovuriladi, soʻng bir oz suv quyilib ustiga Doʻlmalar teriladi. Qozon qaynagach, ustiga likopcha yopiladi va past olovda 40 — 45 min. dimlanadi. Tayyor Doʻlmalar laganga suziladi, ustiga toʻgʻralgan koʻkatlar sepib dasturxonga tortiladi. Bolgar qalampir D. — bolgar qalampirining band tomoni ochilib, urugidan tozalanib yuviladi. Qiymasi karam Doʻlma niki singari tayyorlanadi. Kalampirning ichi qiyma bilan toʻldiriladi va qozonga terilib 35 min. chamasi pi-shiriladi (yana q. Kovatok).