DAVATS Larisa Iosifovna (1937, Tyanszin sh., XXR hududida) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1987). Moskva rassomlik in-tida taʼlim olgan (1958—64). 1964-y. dan Oʻzbekistonda. Davatsning mahorat bilan yaratgan asarlari koʻtarilgan mavzular mazmunini anik, ochib bera olishi bilan ajralib turadi: «Qirgʻiziston» turkumi (guash, 1967, 1973), «Kutish» (1985), «Urushga yoʻl yoʻq» triptixi (1986) va b. oq-qora, rangli asarlari shular jumlasidan. Oʻzbekistan (mas, S. Axmad, S. Zunnunova, A. Oripov), Qirgʻiziston (Ch. Aytmatov) va b. kardosh xalqlar, shuningdek, chet mamlakatlar (U. Uitmen, AQSH) mumtoz yozuvchilarining asarlarini badiiy bezadi. Soʻnggi yillarda rangtasvirda ijod qilmoqda («Yoshlik xotiralari», «Dengiz chigʻanoqlari» va b.).