DAVAO

DAVAO — Filippindagi shahar. Davao provinsiyasining maʼmuriy markazi. Mindanao o. dagi Davao buxtasidagi port. Xalqaro aeroport bor. Axoliyey 1,1 mln. kishi (2000). Abaka yetishtiriladigan va ularga ishlov beriladigan r-nning muhim markazi hamda Mindanao o. ning asosiy savdo shahri. Yogʻoch-sozlik, oziq-ovqat sanoati korxona-lari bor. Davao orqali chetga abaka, kopra va yogʻochtaxta chiqariladi.