DURANGO — Meksikadagi shtat. Mayd. 119,6 ming km2. Aholisi 1445 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Du-rango sh. Yirik shaharlari: Gomes-Palasyo, Syudad-Lerdo. Shtatning shar-qiy qismi Meksika togʻligida joylashgan, Syerra-Madre togʻlari uning gʻarbini Tinch okean sohilidan ajra-tib turadi. Iqlimi quruq, issiq, togʻlarda moʻtadil iqlim, sernam. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 12°, yillik yogʻin oʻrtacha 450 mm. Togʻlarda sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan igna bargli oʻrmonlar saklangan.
Durango agrar shtat, q. x. yetakchi oʻrinda. Oziq-ovqat (makkajoʻxori, loviya) va texnika ekinlari ekiladi. Paxta tozalash z-dlari bor. Togʻ oldi r-nlarida yogʻoch tayyorlanadi, kichikroq taxta tilish korxonalari joylashgan. Durangoda konchilik sanoati rivojlangan. Durango sh. yaqinida mamlakat qora metallurgiya sanoatining asosiy bazasi boʻlgan yirik temir ruda konlari bor. Oltin, kumush, qalay olinadi. Shosse va t. y. orqali mamlakatning shim. rayonlari va Tinch okean bilan bogʻlangan.