DUMLUPINAR

DUMLUPINAR — Gʻarbiy Anadoludagi qishloq. Grek-turk urushi davrida Dumlupinar yonida Mustafo Kamol (q. Otaturk) koʻmondonligi ostidagi turk armiyasi 1922-y. 30 avg. da grek bosqinchilari ustidan gʻalaba qozongan. Bu gʻalaba Antanta davlatlarining bosqinchi qoʻshinlariga qarshi turklarning zafarli yurishini boshlab bergan.