DUGUYLAN HARAKATI

DUGUYLAN HARAKATI (moʻgʻulcha du-guylan — toʻgarak) — 19-a. ning 2-yarmi — 20-a. ning boshida moʻgʻul aratlarining Ichki Moʻgʻuliston (Xitoy) va 1903—05 y. larda Tashqi Moʻgʻulistondagi demokratik ozodlik harakati. Bironbir masalani muhokama etish chogʻida harakat qatnashchilari tenglik belgisi sifatida aylana boʻlib oʻtirib, har bir kishini fikr-mulohazasini eshitgach, hujjatga aylana boʻylab imzo chekishgan. Taypin qoʻzgʻoloni (1851—64) taʼsirida yuzaga kelgan. Duguylan harakati keng koʻlamga yoyilib Ichki Moʻgʻulistonning koʻp qismini qamrab olgan. 10 mingdan ortiq xonadonni oʻz safiga birlashtirib, ommaviy qoʻzgʻolonchilar harakatiga aylangan Ordosning Ushen, Otok va b. r-nlarida duguylanlar 3 y. (1905—08) davomida xalq hokimiyatining organi — xalq kengashlari (xitoycha guyxuy) hisoblanganlar. Ular mansabdan chetlashtirish, majburiyatlarni bekor qilish, soliklarni yigʻish, sud qilish, mansabdor shaxslarni tayinlash va b. bilan shugʻullanishgan. Duguylan harakati manjur-xitoy qoʻshinlari tomonidan bos-tirilgan.