DUGOH

DUGOH (fors. — ikki joy, ikki parda, ikki payt) — 1) Oʻn ikki makom tizimidagi shoʻba nomi. Dastlab butun ton (204 sent) oraligʻida joylashgan ikki tayanch pardali ohang ifodasi boʻlib, mazkur tizimdagi Husayniy, Hijoz kabi mukammal (7 pogʻonali) tovushqatorlar asosida rivojlantirilgan. Keyinchalik Husayniy maqomining tovushqatoriga singib ketishi natijasida «maqom» nomi bilan yuritila boshlangan;

2) Shashmaqom va Xorazm maqomlari turkumlarida 4 – mustaqil makom nomi. Fartna—Toshkent makomlariaa DugohHusayniy I—VII ashula yoʻllari, shuningdek, surnay D. i, Mushkiloti Dugoh kabi cholgʻu yoʻllari mavjud.