DORTMUND

DORTMUND — Germaniyadagi shahar, Shim. Reyn-Vestfaliya yerida, Emsher daryosi va Dortmund—Ems kanali boʻyidagi port. Aholisi 591,7 ming kishi (1998). Germaniyaning yirik sanoat, ayniqsa qora metallurgiya sanoati markazlaridan biri. Transport yoʻllari tuguni, Rur sanoat rnining sharqiy «darvozasi». Ogir mashinasozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. D. da yirik banklar, savdo va sanoat firmalari joylashgan. Ulgurji savdo markazi. Un-t, ilmiy tadqiqot intlari, teatr va b. bor. Dortmund yozma manbalarda dastlab 885-y. dan Trotmanniya nomi bilan tilga olingan. 12-a. da shahar huquqini olgan. 12—15 a. larga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.