DONESK KRYAJI

DONESK KRYAJI — Sharqiy Yevropa tekisligining jan. dagi qir. Ukrainaning jan.-sharqi va RFning gʻarbiy qismida. Shim. da Severskiy Dones vodiysiga tik tushgan. Uz. 370 km, eni 120 km. Donesk kryaji asosan toshkoʻmir davri qumtoshlaridan, slanes va ohaktoshlardan tarkib topgan. Eng baland joyi 367 m (Mogila-Mechetnaya tepaligi). Karst relyef shakli kup. Donesk kryaji dasht zonasida joylashgan. Suvayirgʻichlari toʻlqinsimon tekislik boʻlib, haydalib ekin ekiladi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —6° dan —8° gacha, iyulniki 20,9—22,9°. Yillik yogʻin 556 mm (gʻarbida). Donesk kryaji chekkalarida qoratuproq, markazida sur tusli podzollashgan tuproq tarqalgan. Donesk kryaji hududida Donesk koʻmir havzasining bir qismi, rangli metall rudasi konlari bor.