DOLIMOV Noʻmon Dolimovich (1906.1.2. – Toshkent – 1977.10.7) – geograf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970). Toshkent kechki pedagogika in-tini tugatgan (1940). Geogr. fanlari nomzodi (1944), dotsent (1945). Oʻrta Osiyo davlat un-ti (keyinroq ToshDU deb atalgan) geografiya fti dekani (1945—68). Ilmiy faoliyati Oʻzbekiston tabiatini oʻrganishga, lugʻatlar, tabiiy geografiyadan darsliklar, oʻquv geografik xaritalari, atlaslar yaratishga bagʻishlangan. Oʻquv adabiyotlarini oʻzbek tiliga tarjima qilishda qatnashgan.
As: Geografik terminlarning qisqacha ruscha-oʻzbekcha lugʻati, T., 1953; Oʻzbekiston geografiyasi, T., 1962 (hammuallif); Oʻzbekiston tabiiy geografiyasi, T., 1986 (hammuallif).