DIFFUZION KAMERA

DIFFUZION KAMERA — zaryadli zarralar (proton, elektron, a-zarra va h. k.) ning harakat trayektoriyasini kuzatishga imkon beradigan asbob. Amerikalik fizik L. Langsdorf yasagan (1936). Usti va yonlari shisha, tubi metalloplastinkadan iborat silindr shaklidagi germetik idish (rayem). Diffuzion kamera Vilson kamerasit oʻxshaydi, lekin har doim ionlovchi zarralarga sezgir boʻlib, uzluksiz ishlab turadi. Kameraga tushgan zaryadli zarra gaz atomlari bilan toʻqnashib, elektronlarni ajratadi, yaʼni gaz ionlashadi. Kameradagi suyuqlik (spirt) bugʻi kondensatlanadi (ka-meraning tagi sovitiladi va qopqogʻi isitiladi, natijada t-ra pasayishi tufayli kamerada oʻta toʻyingan bugʻ hosil boʻladi) va zarra kameradan oʻtganda suyuklik tomchilaridan iborat iz qoladi. Diffuzion kamera yonidan yoritiladi va zarra izi suratga olinadi. Diffuzion kamera yuqori energiyali zarralarning kameradagi gaz yadrolari bilan oʻzaro toʻqnashuvini oʻrganishda, zarralar impulsnыy aniqlashda, katta bosimli gazlarni tekshirishda ishlatiladi.