DIREKSION

DIREKSION (frans. direction — qoʻllanma) — kichik asarlar (marsh, raqs, qoʻshiq va h. k.)ning puflama sozlar orkestri uchun moslangan ixcham partiturasi. Direksionda barcha ovozlar 3—4 nota yoʻliga joylashadi va real sadosida yoziladi.