DIOSKURIADA

DIOSKURIADA, Dioskuriya — Qora dengiz qirgʻogʻidagi (hoz. Suxumi sh. oʻrnida) antik shahar. Miletlik yunonlar tomonidan mil. av. 6-a. da qurilgan. Dioskuriada Kavkaz kabilalari bilan tuz, qoramol, mum, bugʻdoy, qullar bilan yirik savdo aloqalari olib borgan. Savdo markazi boʻlgan. Mil. 1-a. ning boshlarida Rimga tobe boʻlib, unda Rim garnizoni oʻrnashgan; shahar Sebasto-polis deb atalgan. Mil. 2—3-a. larda taraqqiy etgan, 4-a. dan tanazzulga yuz tuta boshlagan. 6-a. gacha qalʼa. D. joylashgan yerning choʻkishi natijasida Dioskuriada xarobalari Suxumi buxtasining tubida qolgan.