DIOKLETIAN

DIOKLETIAN (Diocletianus) (243 — 313/316) — qad. Rim imperatori (284 — 305). Imperiyadagi ahvolni yaxshilashga olib kelgan bir qancha islohotlarni oʻtkazgan (oʻziga uchta taxtdosh tayinlagan, imperiyani 4 ta qismga, bu qismlarni esa 12 diotsezlarga taqsim etgan; armiyani kuchaytirib, uning sonini 450 ming askarga yetkazgan; soliklarni tartibga solgan va b.). Dominat (cheklanmagan monarxiya) tuzumining oʻrnatilishi Diokletian nomi b-n bogʻliq. 303—304-y. larda xristianlarni quvgʻin qilgan. Bu voqea keyinchalik xristian va islom dini muqaddas kitoblarida aks etgan (mas, Qurʼoni karimdagi «Kahf» surasi). Diokletian nomi Sharq xalqlari orasida Daqyonus shaklida ham mashhur.