DILATOMETRIYA

DILATOMETRIYA (lot. dilato — kengaytiraman va…metriya) — fizikaning jismlar oʻlchamlari oʻzgarishining tashqi taʼsirlar (t-ra, bosim, elektr va magnit maydonlar, ionlovchi nurlanish va b.)ga bogʻlikligini oʻrganuvchi boʻlimi. Dilatometriya asosan jismning issiklikdan kengayishini va ularning turli anomaliyalarini oʻrganadi. Dilatometriya maqsadlari uchun ishlatiladigan asbobga dilatometr deyiladi. Dilatometriya usullaridan fizika va materiyashunoslikda moddalarning xossalarini oʻrganishda foydalaniladi, texnikada metallar va ularning qotishmalari, shisha, plastmassa, qurilish materiallari hajmining oʻzgarish xususiyatlarini oʻrganish va yangi materiallar yaratishga yordam beradi.