DIZAK

DIZAK — Jizzax sh. ning oʻrta asr tarixiy manbalarida yuritilgan nomi. «Kichik qalʼa» mazmunini beradi. 10-a. da D. Faknon rustoqining tekislikda joylashgan shaxri boʻlib, kattaligi jihatdan Ustrushonaning 3-shahri boʻlgan (Panjikent va Zomindan keyin). Dizak islom gʻoziylari toʻplanadigan yer sifatida mashhur boʻlib, ular uchun bu yerda koʻplab mehmonxona va rabotlar qurilgan. Dizakdan bir farsax (6—7 km) uzoqlikda Afshin tomonidan qurilgan Xudoysar raboti manbalarda qayd etib oʻtilgan.