DIASPORA

DIASPORA (yun. diaspora — tarqalish) — Falastindan tashqarida tarqalgan yahudiylar (Bobil asirligi davridan, mil. av. 6-a.) majmui. Milodning boshlarida Rim saltanatida yashovchi 60 mln. aholining 10% ni yahudiylar tashkil etgan. Rim davlat organlarida Diaspora baʼzi xuquqlarga ega boʻlgan: yahudiy jamoalari faqat imperator dekreti asosidagina tugatilishi mumkin boʻlgan, harbiy majburiyatni oʻtashdan va Rimdagi diniy marosimlarda qatnashishdan ozod qilingan. Hoz. adabiyotda Diaspora deb oʻz vatanidan tashqarida yashovchi etnik guruhlarga aytiladi.