DIAPOZITIV

DIAPOZITIV (qua… va lot. positivus — musbat) — shaffof asos (shisha plastinka yoki plyonka) ga tushirilgan oq-qora yoki rangli fotografik tasvir. Uni epidiaskop bilan ekranga tushirish yoki yoriqqa tutib koʻrish mumkin. Odatda, fotoplastinka va fotoplyon-kaga tushirilgan Diapozitiv koʻp tarqalgan, u oʻquv maqsadlarida, ilmiy anjumanlarda turli tasvirlarni namoyish qilish uchun ishlatiladi. Bir mavzuni ifodalovchi bir necha Diapozitiv diafilm deb ataladi.