DEHQONOBOD

DEHQONOBOD — Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagn shaharcha (1989-y. dan). 1935-y. gacha Tanggʻaram qishogʻi deb atalgan. Tumanning jan. da, Boysuntov tizmasining tarmogʻi Oqboshtogʻ etagida joylashgan. Yaqin t. y. stansiyasi Gʻuzor — 46 km. Dehqonobod hududidan Kichik Oʻradaryo oqib oʻtadi. Aholisi 7,4 ming kishi (2000), asosan oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Dehqonoboddan Katta Oʻzbekistan trakti oʻtgan. Oʻrta maktablar, internat maktabi, 2 klub, kasalxona, dorixona, bir kancha savdo, maishiy xizmat shoxobchalari, kichik, xususiy korxonalar bor. Aholi suvni Kichik Oʻradaryo va buloklardan oladi.