DE FILIPPO

DE FILIPPO (De Filippo) Eduardo, Passarelli (1900.24.5 — Neapol — 1984.1.11) — italyan dramaturgi, rej., aktyor, ssenariychi. Ijodi neo-ralizm oqimi bilan bogʻliqholda rivojlangan. Aktyor sifatida «Frak kiygan uch erkak», «Ispaniya maydonidan kelgan qiz», «Neapol tillasi» kabi filmlarda suratgatushgan. Pyesalarida ijtimoiy mohiyat, chuqur psixologizm grotesk b-n uygʻunlashgan: «Filumena Marturano» (keyinroq «Ital-yancha nikoh» nomi bilan ekranlashtirilgan), «Shanba, yakshanba, dushanba», «Fortunella» va b. shular jumlasidan. Kinoda («Neapol — millionerlar shahri») ham ishlagan. 1931—73 y. lar oʻzi tashkil etgan truppani boshqargan.