DERMA

DERMA (yun. derma — teri) , korium, kutis — umurtqali hayvonlar va odam terisining biriktiruvchi toʻqimali qismi; tashqi qavat — epidermis ostida joylashgan. 2 qavatdan — ichki (tayanch) va epidermis hamda uning hosilalari (bezlar, pat, tuk, soch)ni oziklantiruvchi yuza qavatdan iborat (yana q. Teri).