DENGIZ ILONLARI

DENGIZ ILONLARI (Hudrophilida) — ilonlar oilasi. Uz. 2,75 m gacha. Gavdasining keyingi qismi va dumi eshkakka uxshab ikki yondan siqilgan. Boshi kichik, yirik qalqonlar bilan qoplangan. Koʻz qorachigʻi dumaloq. Burnidagi klapanlar burun boʻshligʻiga suv utkazmaydi. 16 urugʻi, 50 ga yaqin turi maʼlum, Hind va Tinch okeanlarining tropik qismida tarqalgan. Suv ostida uzoq tura oladi (ogʻiz boʻshligʻidagi kapillyar qon tomirlari bilan qoplangan poʻstlogʻi orqali kislorod oladi). Baliq (koʻproq ugorsimonlar), baʼzi turlari baliq ikrasi b-n oziqlanadi. Koʻpchiligi suvda tuxumdan 1—2 ta tirik bola tugʻadi, ayrim turlari quruqlikda bolalaydi. Juda zaharli, zahar kuchi quruqlikda yashovchi ilonlarnikidan ham kuchliroq, taʼsiri jihatdan koʻzoynakli ilonnikiga yaqin. Tipik vakillaridan biri ikki xil rangli pelamida (Pelamus platurus) Amerika sohillari yaqinida, baʼzan Yapon dengizida uchraydi. Dengiz ilonlari suvda odamlarga deyarli hujum qilmaydi.