DEMOBILIZATSIYA

DEMOBILIZATSIYA (de… va mobilizatsiya) — 1) qurolli kuchlarni va mamlakat iqtisodiyotini harbiy holatdan tinchlik holatiga oʻtkazish;

2) urush tugagandan keyin harbiy qismlar, qoʻ-shilmalar va muassasalarning shaxsiy tarkibini qayta tuzish bilan qurolli kuchlar shaxsiy tarkibini urushdan oldingi holatga keltirish;

3) harbiy xizmatchilarni urush tamom boʻlishi b-n, shuningdek, tinchlik davrida majburiy harbiy xizmat muddati tugashi bilan armiyadan boʻshatish;

4) koʻchma maʼnoda — tayyorgarlik, faollik, qushyorlik, ehtiyotkorlikning pasayishi.