DELAVER

DELAVER — AQSH shtati. Mamlakatning Atlantika okeani sohilida, Delmarva ya. o. ning sharqiy qismida joylashgan. Mayd. 5,3 ming km2. Aholisi 796,1 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Dover sh. Relyefi tekisliklardan iborat, botqoqliklar uchraydi. Iqlimi dengiz iqlimi, daryolari qisqa va sersuv. Keng bargli oʻrmon bor.

Delaver — industrial-agrar shtat, xoʻjaligining asosini sanoat tashkil etadi. Ayniqsa kimyo sanoati rivojlangan (AQSHning yirik kimyo z-dlari shu shtatda). Kemasozlik, avtomobilsozlik, stanoksozlik, rezina, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati, yuqori sifatli poʻlat i. ch., metallsozlik muhim ahamiyatga ega. Yirik sanoat shahri va porti — Uilmington. Shahar atrofida intensiv q. x. (parrandachilik, sut chorvachiligi, sabzavotchilik) rivojlangan. Delaver — AQSHning ilk bor (1776-y. da) tashkil topgan shtatlaridan. Shtat hududida yevropaliklar koʻchib kelgunga qadar indeyslarning delavar qabilasi yashagan. 1664-y. da inglizlar tomonidan bosib olingan.