DEYLI TELEGRAF

«DEYLI TELEGRAF» («The Daily Telegraph», «Kundalik telegraf») — ingliz gazetasi. London va Manchesterda chiqadi. 1855-y. da tashkil etilgan. Konservativ partiya rahbariyati nuqtayi nazarini targʻib qiladi. Angliya kiborlari, amaldorlari va ziyolilari asosiy oʻquvchilari. Adadi 1,50 mln. ga yaqin.