DEDEKIND KESIMI

DEDEKIND KESIMI — irratsio nal sonlarni aksiomatik kiritish usuli. Yu. Dedekind 1872-y. da ishlab chiqqan. Bu usulga koʻra, ratsional sonlar toʻplami ikki sinfga — «quyi» va «yuqori» sinflarga boʻlinadi, «yuqori» sinfga tegishli istalgan son «quyi» sinfdagi har qanday sondan katta; agar «yukrri» sinfda eng kichik son, «quyi» sinfda esa eng katta son boʻlmasa, bunday kesim (boʻlinish) biror irratsional sonni bildiradi. Irratsional sonni kesim yordamida bunday aniqlash, baʼzan, Dedekind aksiomasi deyiladi.