DEVONA BUVA MAQBARASI

DEVONA BUVA MAQBARASI — Namangandagi meʼmoriy yodgorlik (18-a.). Maqbara murabba tarxli (18,8×18,8 m), shahar tashqarisida joylashgan. Atrofi sinchli devor bilan uralgan. Ziyoratxonahazira, goʻrxona va ayvondan iborat. Shim. va Gʻarb tomondan sinchli devor bilan uralgan ayvon jan. ga qaragan. Haziraga ayvon orqali kiriladi. Kiraverishda ikki tomonga supa ishlangan.

Ziyoratxona (10,6×8,6 m) peshtoqgumbazli, toʻrt tomonida eshik oʻrni boʻlib, kiraverishdagi yogʻoch panjaradan xona ichidagi sagʻana koʻrinib turadi. Sagʻana pishiq gʻishtdan qurilgan. Ziyoratxonaning gumbazi yulduzsimon asosgaoʻrnatilgan. Poygumbazidagi tuynuklar orqali xonaga yorugʻlik tushadi. Xona ichi ganch suvoq qilingan. Peshtoqi namoyonlarga ajratilgan, qanosi ganchkori naqshlar bilan bezatilgan. Eshigi yogʻoch oʻymakorligida ishlangan.