DDT

DDT, dixlordifeniltrixlor-etan (S1S6N4) , SNSS13 — insektitsid, oqish yoki malla rang kimyoviy modda. Suyuqlanish t-rasi 74,5—93°. Suvda yomon, spirt, benzol va b. erituvchilarda yaxshi eriydi. 170—200°gacha qizdirilganda parchalanib, vodorod xlorid hosil qiladi. Xlorbenzol va kondensatlovchi moddalar, mas, sulfat kislota, quruq vodorod ftorid ishtiro-kida xloralni kondensatlash yoʻli bilan olinadi. 20-a. ning 40—60-y. larida koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan Oʻzbekistonda ham zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda, shuningdek, bezgak parazitlari (chivinlar)ni yoʻqotishda qoʻllanilgan. Inson va hayvonlar organizmida toʻplanishi, atrof-muhitda biologik parchalanishga oʻta chidamliligi, tabiatdagi biologik muvozanatini buzishi sababli rivojlangan mamlakatlar, shu jumladan Oʻzbekistonda 1970-y. dan ishlatish man qilingan.