DAHO (arab.) — favqulodda kuchli akl, xotira va ijodiy isteʼdod; bilim saviyasi, dunyoqarashiga koʻra oʻz davri darajasidan ilgari ketgan shaxs. D. lar fan-texnika, madaniyat, xususan badiiy ijodiyot sohasida muayyan millat, davlat miqyosida emas, balki umumbashar, jahon miqyosidagi muhim kashfiyotlar qilishga, ilmiy, badiiy asarlar yaratishga qodir boʻladi. Mac, Ibn Sino (tabobat), Forobiy (falsafa), Beruniy (mat.), Ulugʻbek (falakiyot), Imom Buxoriy, Ahmad Yassaviy (tasavvuf) kabi benazir al-lomalar ilm-fanda, eʼtikrdda buyuk kashfiyotlar yaratganlar. Amir Temur, Bobur insoniyat tarixida oʻchmas iz krldirgan va ijtimoiy taraqqiyotni yangi bosqichga koʻtargan saltanatlarga asos solganlar.
Daholar yaratgan asarlar muayyan sohada burilish yasagan, yangi yuqori bosqichga oʻtish uchun xizmat qilgan. Chunki ular ilgari ilm-fanda, ijodda mutlaqo nomaʼlum yangiliklarni ochganlar. Mas, Alisher Navoiy asarlari tur-kiy xalqlar adabiyoti va tili taraqqiyoti uchun burilish nuqtasi boʻlgan. «Xamsa», «Chor devon», «Muhokamat ul-lugʻatayn va b. asarlari jahon madaniyati taraqqiyotiga muhim hissa boʻlib qoʻshilgan. Daholik buyuk iqtidor va yuksak ijtimoiy ong mahsulidir. Daholar dohiy deb ham aytiladi. Qad. Daholik (geniallik) ilohiy marhamat sifatida baholangan (Platon, neoplatonizm va b.). 19—20-a. larda Daho va ijodning turli tomonlarini psixologik hamda ijtimoiy tadqiq qilish rivojlandi.