DATCHIK

DATCHIK (ruscha) , birlamchi oʻzgartirgich — oʻlchanayotgan fizik kattalik (bosim, t-ra, elektr kuchlanish, siljish va b.)ni uzatish, unga ishlov berish va qayd qilish uchun signal (odatda, elektr signal)ga aylantirib beradigan vosita. Oʻlchash, signal yoki rostlash qurilmalari tizimining muhim qismi; sezgir elementi tekshirilayotgan miqdorlar (bosim, t-ra, tezlik, yorugʻlik kuchi, elektr toki, kuchlanish va b.) taʼsirini sezadi. Ishi elektr qarshiligi, sigʻim, induktivlikka, shuningdek, nazorat qilinadigan mexanik, akustik, issiqlik, elektr, optik, magnit kattaliklar taʼsir etganda elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) hosil boʻlishiga asoslangan Datchiklar (sigim datchigi, induktiv Datchik, induksion Datchik va h. k.) keng tarqalgan. Elektr zanjirlarida kontaktlarning ulanib-uzilishiga asoslangan Datchiklar (kontakt datchigi) va elektr mashina D. lari ham bor. I. ch. jarayonlarini avtomatlashtirish va i. t. ishlarining amaliy kis-mini bajarishda ishlatiladi. Datchik avtomatika va telemexanika qurilmalarining muhim qismi hisoblanadi.