DAO

DAO (xitoycha «dao» — qonun, yoʻl) — qad. xitoy falsafasining muhim tushunchalaridan biri. Dastlab «yoʻl», «tariqat» maʼnosini, keyinchalik falsafada tabiatning «yullari»ni, uning qonuniyatlarini bildirgan. Daosizmning asosiy tushunchasi. Koinotning bosh sababchisi, uning sirli qonuniyati; aql bilan bilib, soʻz bilan ifodalab boʻlmaydigan, lekin qamma narsada mavjud boʻlgan hayotiy butunlik. Dao — xamma narsaning asosi. Dunyo — D. ning «gavdalanishi»dir.