DAMANXUR

DAMANXUR — MAP dagi shahar. Mamlakatning shim. da, Nil daryosi deltasida, Iskandariya sh. dan 50 km jan. da joylashgan. Buhayra muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 212,2 ming kishi (1996). Muhim t. y., avtomobil va suv yoʻllari tuguni. Savdohunarmandchilik, oziq-ovqat va yengil sanoat markazlaridan. Toʻqimachilik sanoati korxonalari, yogʻ z-dlari, paxta tozalash, gugurt, gilam toʻqish f-kalari, teatr bor.