DAM BERILGAN SHUDGOR

DAM BERILGAN SHUDGOR — kuzda va bahorda haydalib, shudgor qilingan, muayyan muddat ekin ekilmagan dala; tuproq hosildorligini tabiiy tiklash vositasi tarzida qoʻllanilgan agrotexnik tadbir. Dam berilgan shudgor tuproqlari yumshatilgan va begona oʻtlardan tozalangan holda saqlangan, natijada bunday shudgor tuprogʻida oʻsimlik uchun oziq moddalari toʻplangan. Hoz. zamonaviy intensiv dehqonchilik tizimida deyarli qoʻllanilmaydi.