DAM

DAM Xenrik (Henrik) Karl Peter (1895.21.2 – 1976.24.4) – daniyalik biokimyogar. Daniya fanlar Qirollik jamiyati aʼzosi (1948-y. dan). Kopengagen politexnika in-ti prof. (1941). Asosiy ishlari sterinlar, K va Ye vitaminlari biokimyosi, shuningdek, yogʻlarga oid. Joʻjalarda xolesterin metabolizmini oʻrgana turib, K vitaminni va qon ivishida bu vitamin rolini aniklagan (1929). Uni ajratib olish va tozalash usullarini ishlab chiqqan (1928—30), shuningdek, tibbiyot amaliyotida qoʻllanish yoʻllarini koʻrsatib bergan. Nobel mukofoti laureati (1943).