DALYAN

DALYAN, Dayren — Xitoyning shim.-sharqidagi shahar, Lyaonin provinsiyasida, Sariq dengizning Dalyanvan qoʻltigʻi sohilidagi port (kj ortib-tushirish yiliga 50 mln. t.). Lyuyshun sh. b-n birga Lyuyda maʼmuriy r-ni tarkibiga kirgan. Aholisi 5,4 mln. kishi (1998). Baliq ovlash bazasi. Tashqi savdoning muhim markazlaridan. Metallsozlik va mashinasozlik (kemasozlik), metallurgiya (poʻlat erituvchi z-d), elektronika, qurilish, oziq-ovqat korxonalari bor.

Dalyan 19-a. birinchi yarmida balikchilar qishlogʻi boʻlib, avval Sinniv, 1860-y. dan Dalyan deb atalgan. 1898-y. dagi konvensiyaga binoan Rossiya bu hududni Xitoydan ijaraga olgach, Dalniy deb nom oladi va shahar kurila boshladi. Dalyan 1904-y. dan 2-jahon urushi oxirigacha Dayren nomi bilan yaponlar qoʻl ostida boʻldi. Rossiya-Xitoy shartnomasiga binoan Xitoy hukumati 1945-y. 14 avg. dan Dalyanni erkin port deb tan oldi. Port barcha jihozlari b-n Rossiyaga ijaraga berildi. 1950-y. 14 fev. dagi Rossiya-Xitoy bitimiga binoan Dalyan porti jihozlari bilan oʻsha yili Xitoyga kaytarildi. Dalyanda tibbiyot, politexnika, va b. oliy oʻquv yurtlari bor.