DALVARZIN KANALI

DALVARZIN KANALI — Sirdaryoning oʻng sohilidagi sugʻorish kanali. Asosiy shoxobchalari bilan (Sul, Oʻng, Xasyoz) birgalikdagi uz. 67,5 km, shundan magistral kanal uz. 11,5 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 45 m3/s. 1930-y. da qurilgan. Sugʻorish mayd. 53,2 ming ga, shundan 33,2 ming ga Oʻzbekistonda (Toshkent viloyati), 20 ming ga Tojikistonda. Kanalga suv Farhod GESning yuqori byefidan oʻzi oqib chiqadi. Dalvarzin kanali asosan pastham joylar buylab qazilgan. Dalvarzin kanalining oʻng shoxobchasi Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasi boʻylab, jan. dan shim. ga qarab oqadi. 1929—30 y. larda qurilgan. Oʻz. 35 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 18 m3/s. Sul shoxobchaning uz. 21 km. Boshlanish qismida (2 km) suv oʻtkazish imkoniyati 26 m3/s, undan quyida 16 m3/s.