DALAYLAMA

DALAYLAMA [moʻgʻulcha dalay — soʻngsiz (donolik) va lama] — Tibetdagi lamaizm ruhoniylari boshligʻining unvoni. 1391-y. da joriy etilgan. Birinchi D.-l., rivoyatga koʻra, 1351-y. da tugʻilgan. Lamaizmda D.-l. tirik xudo sifatida dindorlar orasida katta eʼtiborga ega. U oʻlganda oliy lamalardan tuzilgan maxsus komissiya yangi tugʻilgan tibetlik chaqalokdar orasidan D.-l. ning ilohiy mohiyati mujassam boʻlgan goʻdakni qidirib topadi. U monastirga joylanib, maxsus tarbiyalanadi. Hoz. — 14-D.L. Ten-zin Gyatso.