DAKTILOGRAFIYA

DAKTILOGRAFIYA (yun. daktilo… va…grafiya) — barmoklar yordamida ifodalanadigan yozuv. Savodi boʻlgan kishining kar yoki kar-koʻrlar bilan daktilologiya, Brayl shrifti, imo-ishopa tili kabi usullardan tashqari yordamchi muomala qilish vositasi. Kar, kar-koʻr bilan muloqot qilishda soʻzlar oddiy harflar b-n qoʻl kaftiga barmoklar yordamida yoziladi. Agar kar, kar-koʻr kishining ogʻzaki nutqi rivojlanmagan boʻlsa, u ham oʻz fikrini suhbatdoshining qoʻl kafti yoki boshqa tekis sath (stol usti, kitob mukrvasi, taxta va b.)ga barmoqlari bilan yozib ifoda etadi.