DAKOTA

DAKOTA (oʻzlarini shunday ataydilar) , dakotasiu — AQSH va Kanadadagi siu guruhiga mansub indeys xalqi (Jan. va Shim. Dakota, Minnesota va Nebraska shtatlaridagi rezervatsiyalarda yashaydi. AQSHda — 10 ming kishi, Kanadada — 3 ming kishi. Dindorlari — asosan, xristianlar (protestantlar va katoliklar), anʼanaviy diniy eʼtiqodlar ham mavjud. Xokasiu til oilasiga mansub dakota tilida soʻzlashadi. Baʼzi tadqiqotchilarning fikricha, dakota tili turkiy tillarga qardosh boʻlgan. Mac, turkiy tillardagi «ichuv», «ichmoq» — icu, yutuv, «yutmoq» Dakota qabilasining totem belgisi — ajdarho.

— Yuta, «esh» (biror ishda esh, sherik boʻlmoq) — ichi, «men» — «mi», «ikki» — ik va b. D. qabilasining totem belgisi — ajdarho surati hoz. Qozon sh. ning gerbi bilan aynan bir xil boʻlib, undan tashqari u Volga bulgʻorlari zarb etgan tangalarda aks etgan. Shuningdek, u ramz sifatida qad. turkiy xalqlar, jumladan, Oʻrta Osiyodagi turkiy xalqlar orasida ham maʼlum boʻlgan. Dakota larning hunlarga aloqador boʻlishi mumkinligi haqida L. N. Gumilyov ham fikr bildirgan (yana q. Indeyslar).

Ad.: Karimullin A. G., Prototyurki i indeysы Ameriki. Po sledam odnoy gipotezы, M., 1995.