DAKAR

DAKAR — Senegal poytaxti. Gʻarbiy Afrikaning muhim sanoat, transport va savdo-moliya markazlaridan. Yashil Burun ya. o. da, muhim dengiz yoʻllari kesishgan yerda joylashgan. Iqlimi subekvatorial; yanv. ning oʻrtacha t-rasi 22°, iyulniki 28°. Yillik oʻrtacha yogʻin 572 mm. Aholisi 2 mln. kishi (1998), 90% afrikaliklar; yevropaliklardan asosan fransuzlar yashaydi.

Dakarni 1857-y. da fransuzlar qalʼa sifatida bunyod etgan. 1895—1960-y. larda Fransiya mustamlakasi Senegalning, 1904—59 y. larda Fransiya Fapbiy Afrikasining maʼmuriy markazi. 1960-y. dan Senegal poytaxti.

Dakar va uning atrofida mamlakat sanoat korxonalarining 80% joylashgan. Sanoat korxonalari asosan q. x. mahsulotlarini qayta ishlaydi. Dakarda yer yongʻoq yogʻi ishlab chiqaruvchi yirik z-dlar mavjud. Baliq konserva, pivo va un z-dlari, tamaki, gugurt, yigiruv va toʻqimachilik f-kalari, kemasozlik, neft, sement, sovun va kimyo korxonalari, issiqlik elektr st-yasi bor. Yirik dengiz porti. Dakar orqali chetga yer yongʻoq va uning yogi, fosfat chiqariladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Dakarda un-t (1950), politexnika in-ti, Afrikani oʻrganish in-ti, Paster in-ti, sanʼat maktabi, un-t kutubxonasi, muzeylar, teatr, hayvonot bogʻi va b. bor.