DAYRIY

DAYRIY Toshkandiy (16-a. 2-yarmi — Toshkent — 17-a. boshlari) — shoir. Hayoti va ijodi haqida Mutribiyning «Tazkirat ush-shuaro» («Shoirlar tazkirasi») asarida maʼlumot berilgan, sheʼrlaridan namunalar keltirilgan. Abdol sulshon (16-a. ning 2-yarmi) saroyida xizmat qilgan, unga atab sheʼr va kasidalar yozgan. Sheʼrlari turli bayozlarda saqlangan.