DAIKA

DAIKA (ing. dike yoki duke — toʻsiq, tosh devor) — intruziv magmatik jism, parallel tekisliklar bilan chegaralanib, boʻshliqlardagi jinslar orasida yotadi. Daika kupincha qattiqroq jinslardan tuzilganligi va atrofdagi jinslarning nurab yoki yuvilib ketishi natijasida joylarda devorga oʻxshab koʻtarilib qoladi. Daika effuziv va intruziv jinslar yoki chuqur magma oʻchoklariga bogʻliqboʻlgan alohida mintaqalarni yuzaga keltiradi. Daika bir markazdan chiqqan radial va halqa koʻrinishlarida ham boʻladi. Baʼzan Daika noyob foydali qazilmalarni topishda belgi hisoblanadi. Chatqol-Qurama, Molguzar, Qizilqum yassi togʻlari va b. togʻlarda uchraydi.