DAZMOL

DAZMOL — gazlama, kiyim-kechak, koʻnchilik mahsulotlari va b. ga issiqlik ishlovi berish (qizdirib silliqlash) uchun moʻljallangan asbob. Uy-roʻzgʻorda, maishiy xizmat korxonalarida, tikuvchilik f-kalarida, koʻn z-dlarida ishlatiladi. Roʻzgʻorda ishlatiladigan Dazmolning kumir yoki oʻtin chugida qizdiriladigan, plita ustiga quyib qizdiriladigan va elektr xillari bor. Hozir, asosan, elektr Dazmol ishlatiladi. U metall asos, qopqoq, qizdirish elementi (spiral) va shnurdan iborat. Baʼzi elektr Dazmollar issiqlik darajasini uzgartiradigan (termorostlagichli) (mas, 700 Vt — 1000 Vt li) qilib ishlab chiqariladi. Baʼzi Dazmol larda dazmollanadigan joyni hoʻllab turadigan suv «kosacha» boʻladi. Tikuvchilik f-kalari, maishiy korxonalarda maxsus (ogʻirroq va quvvatliroq) Dazmollar va dazmollash presslari ishlatiladi. Koʻnchilikda ishlatiladigan Dazmol 90—100° gacha qizdiriladigan plita va unga terini qisadigan rolikdan iborat.

Dazmol qadimdan maʼlum. 11-a. da Oʻrta Osiyoda Dazmol andavaga uxshash temir asbob bulib, uni oʻtda qizdirib, kiyimning chok va bahyalarini bostirganlar, sirtini silliqlaganlar. Keyinchalik, olov Dazmol paydo boʻlgan. U paytlarda Dazmolni utuk (otuk) deb atashgan (M. Koshgariy «Turkiy suzlar devoni», T., 1960). Hozir ham Xorazm, Samarqand viloyatlarida xalq D. ni utuk deb yuritadi.