DAJJOL

DAJJOL (arab. — aldamchi, firibgar) — islom diniga koʻra, qiyomat oldidan paydo boʻladigan va dindorlarni xudo koʻrsatgan toʻgʻri yoʻldan ozdiradigan bir koʻzli odamsimon maxluk. U yovuzlik timsoli sifatida ezgulik tarafdorlari b-n jang qilib, oxir-oqibatda magʻlub boʻlishi haqida rivoyatlar bor.