DAJBOG

DAJBOG — rus-slavyan mifologiyasida Quyosh va oʻt-olov maʼbudi, Svarog oʻgʻli (shundan Dajbogning boshqa ismi — Svarojich olingan). Rus yilnomalarida juda koʻp marta (birinchi marta 980-y. da, knyaz Vladimir Kiyevda maʼbudlarga, jumladan Dajbogga sajdagoxlar qurgan paytda) qayd etilgan. Yilnomaga koʻra D. qad. turkiylarning quyosh tangrisi Xorsu bilan aynan tenglashtirilgan. Dajbogning etimologiyasi toʻgʻrisida turli xil talqinlar mavjud. Baʼzi fikrlarga koʻra u gotlarning «dag» («kun»), slavyanlarning «dojd» va «dajb» (yaʼni issiqlik va neʼmatlar beruvchi maʼbud) soʻzlaridan olingan.

F. Dadamuhamedov yasagan «Bozband» toʻplami (1993).

«Igor polki jangnomasi»da rus xalqi «Dajbogning nabirasi» deb nomlangan.