DADAMUHAMEDOV Fasihiddin Gʻulomovich

DADAMUHAMEDOV Fasihiddin Gʻulomovich (1953.26.5, Toshkent) — zargar, Oʻzbekiston Respublikasi xalq, ustasi (1998). Toshkent sanʼat in-tini tugatgan (1975). Usta zargar N. Xolmashovdai xunar oʻrgangan. 1985-y. dan «Usto» birlashmasida zargar-usta, 2000-y. dan xususiy ustaxonasida mehnat qiladi. Dadamuhamedov ijodida milliy zargarlik uslubini tikladi, anʼanalarini uygʻunlashtirdi va rivojlantirdi, shabaka, zigʻirak, qolipaki, bosma usullarida buyumlar yaratdi: zirak, uzuk, bilaguzukdan iborat «Bozband», «Panjara tumor», «Uch koʻza» va b. toʻplamlar, tillaqosh, zebigardon, uzuk, zirak va b. taqinchoqlar; buyumlar bezagida oʻsimliksimon naqshlarni keng qoʻllaydi. Dadamuhamedov yaratgan buyumlardan namunalar respublika va chet mamlakatlar (AQSH, Angliya, Fransiya, Isroil, Rossiya, Polsha va b.) muzeylari, xususiy toʻplamlarda saqlanadi.